Nega bizda Open Source madaniyati yo‘q? Nega biz faqat consume qilishni bilamizu, contribute deganda qo‘limiz qaltiraydi? Keling, shu achchiq haqiqatning source codeiga qaraymiz.
Bizning IT bozorimiz juda qiziq. LinkedIn'ga kirsangiz, hamma o'zini "Senior", "Tech Lead" yoki "System Architect" deb yozgan. Hammada qandaydir daxshatli startaplar, mikroservislar... Lekin qachonki gap Open Source (ochiq manbali kod) haqida ketsa, hamma jim qoladi, GitHub profillaridagi "contribution graph"da bitta ham yashil kvadratcha topolmaysiz.
Nega bizda Open Source madaniyati yo‘q? Nega biz faqat consume qilishni bilamizu, contribute deganda qo‘limiz qaltiraydi? Keling, shu achchiq haqiqatning source codeiga qaraymiz.
Nega bizning "senyorlar" o'z proyektlarini public repo qilishdan qo'rqishadi? Sababi oddiy: agar repo ochiq bo‘lsa, hamma ularning "arxitektura" deya atayotgan 2000 qatorlik if-else tog‘larini, hardcode qilingan API key'larini va kostil ustiga qurilgan legacy kodlarini ko‘rib qoladi. Yopiq eshiklar ortida o‘zingizni Linus Torvalds his qilish oson. Ochiq maydon — bu sening koding va patternlaring haqiqatan ham sening kibriginga mos kelish-kelmasligini ko'rsatadigan yagona ko'zgu.
Tasavvur qiling: siz oylab vaqt sarflab, O'zbekiston bozoridagi "merchant litsenziya" degan byurokratiyani aylanib o'tish uchun, MTProto asosida ishlaydigan tayyor, 0% komissiyali, Event-driven paket yozasiz. Dependencylar joy-joyida, hammasi scalable. Maqsad – ekotizim rivojlansin, yosh loyihalar bank komissiyalariga qul bo'lmasin.
Odamlar nima qiladi? Loyihani fork qilib, uni yanada optimize qiladimi? Yo'q! Ertasigayoq kimdir sizning open-source repositoryngizni olib, ustiga bitta arzon UI-wrapper yozib, odamlardan tranzaksiya uchun komissiya yig'adigan "Startap" qilib deploy qiladi. Bravo! Haqiqiy innovatsiya! O'zbek IT'sining asl yuzi shu: noldan backend mantiq yaratma, birovning tekin mantiqini olib, o'z xalqingga SaaS qilib pulla. Bizda muhandislar emas, ko'proq "IT-olib-sotarlar" yetishib chiqayotgandek.
O'zbek Open Source repolariga qarasangiz, ochiqchasiga yig'lagingiz keladi. Bironta foydali commit tushmaydi. Hech kim mantiqni yaxshilashni, unit test yozib berishni yoki READMEdagi xatoni to'g'rilashni xohlamaydi. Lekin o'sha o'zi tekinga ishlatayotgan paketida kichik bir bug chiqsa, darhol daxshatli Issue ochishadi: "Aka, production yonyapti, tez fix qilib bering, mijozlar kutyapti!" Ular uchun siz – tekin ishlaydigan qulsiz. O'zining tijorat loyihasiga foyda keltirayotgan kodning core qismiga 5 daqiqa vaqt ajratib, kichik bir Pull Request jo'natish – bizning mentalitet uchun haqiqiy fojia.
Lekin... Buni o'zgartirish o'z qo'limizda! Do'stlar , hamkasblar! Dasturchi degani – faqat qayerdandir tayyor kodni copy-paste qilib, deploy tugmasini bosadigan operator emas. Biz o'zimizning ecosystem imizni qurishimiz kerak.
Agar biz O'zbekistondan ham dunyo tan oladigan PaaS yechimlar, kuchli frameworklar va katta texnologiyalar chiqishini xohlasak, "qaroqchilik"ni yig'ishtirib, Open Source madaniyatini shakllantirishimiz shart.
Muallifni qadrlang: Birovning ochiq kodidan foydalanib daromad qilyapsizmi? Hech bo'lmasa loyihaga bitta Star bosing. Muallifni mention qiling. Bu pullik emas, bu shunchaki professional etika!
Hissa qo'shing: Bitta mantiqiy xatoni ko'rdingizmi? Issue ochib nolishdan ko'ra, fork qiling, to'g'rilang va PR yuboring. Katta tizimlar shunday quriladi.
O'z kodingizni ochiq qiling: Kichik bo'lsa ham, boshqalarga foydasi tegadigan yechimlaringizni GitHubga joylang. Birovlar klon qilib olsa nima bo'ladi deb qo'rqmang. Klonchilar doim sizning soyangizda qoladi, chunki ularda ijodkorlik yo'q, arxitekturani siz yaratgansiz.
Biz "iste'molchilar" botqog'idan chiqib, Creator darajasiga ko'tarilishimiz kerak. Kelinglar, bir-birimizni qo'llab-quvvatlaydigan, sifatli kodlar bilan bo'lishadigan haqiqiy IT-kommyunitini quraylik.
0 Comments